8-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti Alina Magdiyeva “Xoreografiya jamoalari rahbari” sirtqi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Xalq sahna raqsini o‘rganish uslubiyoti” fanidan mahorat darsini o‘tkazdi.
Mahorat darsida “Russ” raqsining qo‘l-oyoq holatlari, ijro texnikasi, musiqani tinglash va jamoaviy raqslarni ijro etishdagi sinxronizmlari haqida batafsil amaliy mashg’ulotlarda ko‘rsatib o‘tildi.
Mashg’ulot davomida talabalar xalq sahna raqslarini sahnalashtirish sirlarini o’rganib, uning o’ziga xosligini, e’tibor qaratish zarur bo’lgan jihatlarini va raqs chizmalari haqidagi ko‘pgina amaliy hamda nazariy ma’lumotlarni o’rgandilar.
Mahorat darsi
qiziqarli savol, fikr-mulohazalar, takliflarga boy tarzda o’tdi. Talabalar ustoz-shogir an’analari asosida ko‘pgina bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.