Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, «Shon-sharaf belgisi» va «Do’stlik» ordenlari kavaleri, «Xalq raqslari yulduzi» nominatsiyasida «Raqs ruhi» mukofoti sovrindori (2007), madaniyat sohasidagi Rossiya hukumati mukofoti laureati (2015), Igor Moiseyev nomidagi davlat akademik xalq raqs ansambli qoshidagi Maktab-studiya direktori va badiiy rahbari, klassik va xalq sahna raqslari maktab-studiyasining yetakchi o‘qituvchisi Apanaeva Guzel Maxmudovna joriy yilning 16-18-aprel kunlari O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo’lib, rektor Shuxrat Toxtasimov boshchiligidagi akademiya professor-oqituvchilari bilan uchrashib, kelgusidagi ikki tomonlama istiqbolli rejalar haqida suhbatlashidilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida G.M.Apanaeva akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdi va xorijlik mehmon uchun “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Malohat Mahmudova tomonidan Farg’ona, Buxoro, Xorazm raqs maktablarining raqs harakatlari bo’yicha mahorat darsi o’tkazilib, har bir maktabning o’ziga xos jihatlari namoyish etildi.
h