24-aprel kuni Ostona shahrida Qozog‘iston xalqi Assambleyasining XXXlV sessiyasi ochildi.
Unda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Q.K.To‘qayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Sessiya ochilishi oldidan Qozog‘iston xalqi Assambleyasi raisining o‘rinbosari M.O.Azilxonov Do‘stlik elchilari bilan uchrashdi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan «Assambleyaning 30 yilligi” medali bilan taqdirlangan elchilarga mazkur mukofotni topshirdi.
Mukofotlanganlar nomidan Qozog‘iston xalqi Assambleyasining O‘zbekistondagi Do‘stlik elchisi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining dots.nti, filologiya fanlari doktori (DSc), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hulkar Hamroyeva so‘zga chiqdi.
U o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining yaqin qo‘shnichilik, strategik sheriklik borasidagi hamkorligini qo‘llab-quvvatlashda, ulkan do‘stlik g‘oyalarini amalga oshirishda Do‘stlik elchilarinig hissasi beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi va minnatdorchilik ramzi sifatida o‘zining Qozog‘iston xalqi “Assambleyasining 30 yilligiga” hamda Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniy birlashmalari «Do‘stlik» hamjamiyatining 30 yilligiga bag‘ishlangan «Dunyoni do‘stlik qutqaradi» kitobini taqdim etdi.