Xizmat_safari – Xalqaro aloqa

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasining taklifiga binoan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «San’at nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc), Qozog‘iston xalq Assambleyasining O‘zbekistondagi Do‘stlik elchisi Hulkar Hamroyeva Assambleyaning navbatdagi sessiyasida ishtirok etmoqda.

Kecha, 24-aprel kuni H.Hamroyeva Qozog‘iston milliy xoreografiya akademiyasida bo‘lib, ta’lim maskanida amalga oshirilayotgan ilmiy amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur akademiya 2016 yilda tashkil topgan bo‘lib, unda 700ga yaqin talaba tahsil oladi.

Axborot-resurs markazi o‘quv zali, alohida elektron qo‘llanma va darsliklar bo‘limi hamda boy kitob fondidan iborat. Muzey akademiyaning salkam o‘n yillik tarixini, jo‘shqin hayotini, professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalar qo‘lga kiritgan yutuqlarni to‘liq qamrab olgan.

QazMXAning ilmiy va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori bilan muloqot chog‘ida hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalar yaratish haqida fikrlar bildirildi. H.Hamroyeva o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Janna Junisovaga «Xorazm «Lazgi» raqsi: tarixi va tavsifi» monografiyasini taqdim etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan