Kelajakka qadam

Kuni kecha, 28-aprel kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalari uchun mas’ul bo‘lgan “O‘zmilliybank” AJ vakili Mustafoyev Ulug‘bek Xo‘jakeldi o‘g‘li bilan hamkorlikda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar, bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-yanvardagi “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining haq to‘lanadigan malaka amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” 11-son qarori bilan endilikda amaliyot o‘tayotgan talabalar uchun haq to‘lash amaliyoti joriy etilganligi to‘g‘risida ham talabalarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ishonchimiz komilki, bu kabi tadbirlar bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi va ularning muvaffaqiyatli faoliyatiga poydevor bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan