Kuni kecha, 29-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “O’zbekfilm” kinostudiyasi majsuloti bo’lgan, rejjisyor Shuhrat Abbosov tomonidan 1962 yili suratga olingan «Sen yetim emassan» (Ты не сирота) filmi namoyishi bo’lib o’tdi.
Filmni “Zamonaviy ta’lim” yo’nalishi talabalari ustozlari “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi oqituvchisi Alevtina Boreyko hamda aynan front ortida xizmat qilgan professor, O’zbekiston xalq artisti Bernara Kariyeva bilan tomosha qildilar.
Filmdan so’ng, veteran ustoz B.Karieva talabalarga o’sha davr haqidagi o’z esdaliklari bilan bo’lishdi.