“Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy – amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

joriy yilning 26 – 27 aprel kunlari qadimiy Xorazmning afsonaviy Xiva shahrida II Turkiy dunyo madaniyati Forumi doirasida “Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar” mavzusida Xalqaro ilmiy – amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
               
Olam yaralganidan beri har qanday madaniyat o‘z milliy ildizi, milliy qiyofasi va manbalariga, zamonlar silsilasida shakllangan tamoyillariga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, o‘tmish va kelajak tutashgan nuqtada  folklor asarlarining, xususan, baxshichilikning ko‘hna ildizlarini mamlakatlar kesimida etnografiya va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
       
Mazkur Xalqaro ilmiy – amaliy anjumanda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Sh.M.Toxtasimov, innovatsiya va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, professor N.K.Qosimov, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi dots.nti, filologiya fanlari doktori H.H.Hamroyevalar ishtirok etishdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan