Xalqaro hamkorlik  

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifati va ilm-fanni yanada rivojlantirish yо‘lida amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugun Qozog‘iston Respublikasinning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – K.Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universiteti dekani Janagul Kartbayeva akademiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida akademiya va Aqtobe mintaqaviy universiteti о‘rtasida kelajakda talabalar almashinuv dasturi asosida hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish, ilmiy va amaliy anjumanlarda oliy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlarining ishtirokini ta’minlash kabi bir qator hamkorlik aloqalarini olib borish masalalari tо‘g‘risida ikki tomonlama muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar akademiyada talabalarga malakali ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, о‘quv auditoriyalari, raqs xonalari hamda   talabalar turar joylari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan