29-aprel – Xalqaro raqs kuni

Olmazor tumanidagi “Kelajak bolalari” 20-DMTTda Xalqaro raqs kuni munosabati bilan ijodiy kecha va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2-may kuni Olmazor tumanidagi “Kelajak bolalari” 20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 29-aprel – Xalqaro raqs kuni munosabati bilan yorqin ijodiy kecha va konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda kichkintoy tarbiyalanuvchilar o‘zlarining raqs va sahna chiqishlari orqali barchaga bayramona kayfiyat ulashdilar.

Mazkur tadbirning faxriy mehmonlari sifatida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Hulkar Hamroyeva hamda Xalqaro Nordic Universiteti “Musiqa va san’at” ta’lim yo‘nalishi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xonzoda Ibragimova tashrif buyurdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan H.Hamroyeva barcha tarbiyalanuvchilarga sihat-salomatlik, ilm va ijod yo‘lida muvaffaqiyatlar tilar ekan, ularning kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u bolajonlarga o‘zining eng qimmat tuhfasini – kitoblarni sovg‘a sifatida taqdim etdi.

Bayramona ruhda o‘tgan ijodiy kecha barchaga quvonchli daqiqalar, iliq taassurotlar baxsh etdi hamda bolajonlarning iste’dod va salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan