Joriy yilning 30-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Komarova Olga Konstantinovna va o‘qituvchi Glazunova Taisiya Vasilyevnalar tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Madaniyat saroyining, Yu.Yu.Koldakova rahbarligidagi “Edelveys” xalq raqs ansambli ishtirokchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi.
Mahorat darsi «Rus xalq raqslarini o’rganish metodikasi» mavzusiga bag’ishlanib, dars davomida ansambl ishtirokchilari rus raqsining asosiy harakatlari, ijro etish metodikasi, harakatlarni uyg‘unlashtirish tamoyillari, musiqa va harakat o‘rtasidagi munosabat asoslari bilan tanishtirildi.