Rektor va yoshlar uchrashuvi

Bugun, 5-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Sh.Toxtasimov boshchiligidagi akademiya rahbariyati talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yoshlar holidan xabar oldi.

TTJ binolaridagi shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o’rganildi. Uchrashuv jarayonida ularning ijodiy faoliyatida erishayotgan yutuqlari, qanday adabiyotlar mutolaasi bilan mashg’ulliklari haqida qiziqdi.

TTJ ko’zdan kechirish jarayonidagi aniqlangan mavjud kamchiliklar bartaraf etish maqsadida mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan