Joriy yilning 2-5-may kunlari “Zarafshon” konsert zalida “Sharq atirgullari – 2025” bolalar va o‘smirlarning ko‘p janrli xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning hakamlar hay’ati tarkibida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, O’zbekiston xalq artisti Sultanova Rushana Ramilovna, “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi zamonaviy raqs yo’nalishi o‘qituvchisi Boreyko Alevtina Aleksandrovnalar ishtirok etdilar.