Joriy yilning 25–30 aprel kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “Delfiy Bishkek” III Ochiq Delfiy o‘yinlarida turli mamlakatlardan iste’dodli yoshlar ishtirok etdi.
Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati (RXIMI) o’qituvchisi hamda ayni damda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Professional ta’lim yo’nalishi 3-bosqich rus guruhi talabasi Urazbayeva Adelya Abduganiyevnaning o’quvchisi Baxtiyev Elyor — kichik yosh toifasida munosib ishtirok etib, “Klassik raqs” yo’nalishi bo’yicha II o‘rin – kumush medal sohibi bo’ldi.
Ma’lumot o’rnida: “Klassik raqs” yo’nalishi bo’yicha oltin medal sohibi aniqlanmadi.
Shuningdek, akademiya talabasi UA.A.Urazbayeva tanlov tashkilotchilari tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.
Akademiya jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatingizda omad va zafarlar tilaymiz!