O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talaba-qizlarining xavfsizligi, qadr-qimmati va erkinligiga putur yetkazuvchi har qanday holatlarga qarshi ta’sirchan choralar ko‘rish maqsadida akademiya psixologi Xolmatova Ra’no Tursunovna 1-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi.
Soʻrov natijalariga koʻra, qatnashgan barcha talaba-qizlar akademiyada professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar tomonidan nomaqbul xatti-harakatlarga duch kelmaganliklarini bildirishgan.
Shuningdek, talaba-qizlarga jamoat joylarida o’zlariga nisbatan nomaqbul e’tiborning oldini oluvchi xulq-atvor qoidalari borasida tavsiyalar berildi.
ESLATIB O’TAMIZ: agar qiyin yoki bezovta qiluvchi vaziyatlar yuzaga kelsa, har doim akademiya psixologidan yordam so’rashingiz mumkin!Biz yaqinmiz va yordam berishga tayyormiz!