Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchilari tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 5-Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
Sayyor o’quv tadbiri doirasida akademiyaning bir guruh o‘qituvchilari “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi dotsenti Komarova Olga Konstantinovna, musiqa fanlari o‘qituvchisi Glazunova Taisiya Vasilyevna, “Zamonaviy ta’lim” yo’nalishi o‘qituvchisi Boreyko Alevtina Aleksandrovna hamda “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o‘qituvchisi Useinova Susanna Enverovnalar tomonidan “Xalq va sahna raqsi”, “Zamonaviy raqs”, “O‘zbek raqsi”yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir akademiyaning poytaxtimizdagi ta’lim muassasalari bilan amaliyotga yo‘naltirilgan hamkorligining bir qismi bo‘lib, yosh avlod vakillari o‘rtasida xoreografiya san’ati saboqlarini ommalashtirishga qaratilgandir.