Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedra mudiri Sultangirova Irina Radikovna va dotsent Magdiyeva Alina Aripovna tomonidan 2-Bolalar musiqa va san’at maktabida o’quvchilar uchun “Klassik raqsini o’rganish uslubiyoti” va “Xalq sahna raqsini o‘rganish uslubiyoti” fanlaridan mahorat darslari o’tkazildi.
Mahorat darsida klassik raqs va xalq sahna raqsining asosiy harakatlari, qo‘l-oyoq holatlari, ijro texnikasi, musiqani tinglash, jamoaviy raqslarni ijro etilishidagi sinxronizmlar haqida batafsil amaliy mashg’ulotlar orqali ko‘rsatib o‘tildi.
Mahorat darsi qiziqarli savol-javoblar, fikr-mulohazalar va takliflarga boy tarzda o’tdi. Talabalar ustoz-shogir an’analari asosida ko‘pgina bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.