Akademiyada kundalik xavfsizligi ustuvor

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori Saltanat Sultonova ijara xonadonlarida yashovch navbatdagi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishib, xonadonlarini ko‘zdan kechirdi.

Ijara xondonlari nazorati davomida talabaning yashash sharoitlari: issiq va sovuq suvlarining mavjudligi, elektr ta’minoti barqarorligi, gaz kommunikatsiyalari holati tekshirildi. Binolarning sanitariya tozaligiga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalarga ijara uylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi, maishiy yoki tashkiliy muammolar yuzaga kelganda zudlik bilan tyutorga murojaat qilishlari mumkinligi eslatildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan