Xalqaro turk dunyosi davlat balet maktablari Anqara festivali

Turkiya Respublikasida bo’lib o’tgan “Xalqaro turk dunyosi davlat balet maktablari Anqara festivali” va festival doirasida tashkil etilgan anjumanlar, mahorat darslari, rejalashtirilgan o’zaro kelishuvlar, bitimlar, memorandumlar, samimiy suhbatlar va turkiy davlat vakillari ishtirokidagi gala-konsert mazkur festival (https://t.me/uzdxa_official/16537) salmog’ini hamda xoreografiya san’atining xalqaro madaniy munosabatlarda nechog’li muhimligini ko’rsatdi.

Turk madaniyati xalqaro tashkiloti – TURKSOY tomonidan tashkil qilingan, Hajettepe universitetida joylashgan Anqara davlat konservatoriyasi mezbonlik qilgan va yuqori darajada o’tkazilgan xalqaro festival ishtirokchilari, jumladan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich, “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o‘qituvchisi Useinova Susanna Enverovnalar xalqaro festival tashkilotchilari tomonidan sertifikat, tashakkurnoma va maxsus statuetka bilan taqdirlandilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan