Xalqaro turk dunyosi davlat balet maktablari Anqara festivali

Avval habar berganimizdek, (https://t.me/uzdxa_official/16537) Anqarada bo’lib o’tgan festival doirasida ko’plab mahorat datslari taskil qilingan bo’lib, O’zbekistonlik vakillardan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich tomonidan erkaklar sinfi uchun “Klassik raqs” bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Yuksak uslubiy mahorat, ifodalilik, ijro harakatlaridagi aniqlik, o’zaro uyg’unlik bilan ajralgan mahorat darsi ishtirokchilar va o‘qituvchilar jamoasi tomonidan qizg’in kutib olindi hamda ko‘plab ijobiy fikrlar va olqishlarga sazovor bo‘ldi.
         
O’zbek milliy raqsining go’zal jozibasi va malohatini ko’rsatuvchi navbatdagi mahorat darsi O’zDXA “Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi o‘qituvchisi Useinova Susanna Enverovna tomonidan taqdim etildi. Festival ishtirokchilarining e’tiboriga sazovor bo’lgan o‘zbek milliy raqsining ifodali plastikasi, ritmi, o‘ziga xos uslubi, mazmuni, professionalligi, materialning ilhomlantiruvchi namoyishi taniqli raqs ustalari, pedagoglar va talabalarda katta qiziqish uygo’tib, o’rganish istagini bildirdilar.

Festival doirasida Turkiya hamda boshqa turkiy davlatlardan ishtirok etayotgan o‘qituvchilar va tajribali raqs ustalarining mahorat darslari ham tashkil etilib, mazkur mahorat darslari turli milliy raqs maktablarining o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishish, ta’lim jarayonlarida qo’llash imkonini beruvchi qimmatli kasbiy tajriba bo’ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan