О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi shuni ma’lum qiladiki, Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “О‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida 2025-yil 15-iyuldan boshlab tadqiqotchilar uchun “Al-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” bepul о‘quv dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur dasturning asosiy maqsadi, 200 nafar saralab olingan ishtirokchilarda sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar hamda ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, ishtirok etish istagida bо‘lgan akademiya professor-о‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari joriy yilning 15-iyuniga qadar quyida keltirilgan QR kodi orqali rо‘yxatdan о‘tishlari kerak.
➡️ https://docs.google.com/forms/d/16K6MiU7uXJlu6LgrjUjaphZkn7qRpDXqHQ8AJiHogM4/edit?usp=drive_web