O’zDXA da Xalqaro anjuman bo’lib o’tdi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2025-yilning 15-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “О‘zbekiston va jahon xalqlarining madaniy hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bо‘lib о‘tdi.

Anjuman “Xoreografiya san’ati”, “San’at nazariyasi va tarixi” hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo’nalishlaridagi sho’balarda o’z ishini davom ettirdi.

Anjuman ishida Rossiya, Belorusiya, Hindiston, Turkiya, Xitoy, Misr, Ozarbayjon, Tojikiston va. Qozog‘iston kabi о‘ndan ziyod xorijiy mamlakatlarning yetakchi olimlari hamda soha mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  

Anjuman yakunida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifati, ilm-fanni yanada rivojlantirish, xoreografiya ta’limi sohasidagi xalqaro tajribani о‘zlashtirish, innovatsion uslublarni  joriy etish, professor-о‘qituvchilar malakasini zamonaviy talablarga mos darajada oshirish yо‘lida amalga oshirilayotgan islohatlarga ijobiy baho berilib, istiqboldagi ustuvor vazifalar bо‘yicha kelishib olindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan