Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash markazi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Navo musiqiy telekanali bilan hamkorlikda Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari ko’rik-tanlovini e’lon qiladi.
Ko’rik-tanlovda 17 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Ko’rik-tanlov joriy yilning 20-may kuni, taqdirlash marosimi esa 21-may kuni bo’lib o’tadi.
Ko’rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda hududiy Madaniyat boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
Arizalar joriy yilning 19-may sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g’oliblari diplom va qimmatbaho sovg’lar bilan taqdirlanadi.
❕ Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: +998887680333