О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyul “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida 2025-yil 21-may kuni “NOMODDIY MA’NAVIY MEROS VA MILLIY QADRIYATLARNI ABADIYLASHTIRISHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING O‘RNI” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani о‘tkaziladi.
📖Anjumanda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, tadqiqotchilar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
➡️ Zoom havolasi:
https://us05web.zoom.us/j/83846250260?pwd=QyW6LnbBxysNymhroKhJBHyHF4JeSg.1