Joriy yilning 20–21- may kunlari Toshkent shahrida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, TURKSOY va qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlovda 30 dan ortiq iste’dodli yoshlar ishtirok etdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha 17 yoshdan 25 yoshga qadar yoshlar ishtirok etdi.
Shu bilan birga ishtirokchilar natijalarini shaffof va haqqoniy baholash maqsadida Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti Nuraliyeva Anarkul Kabilbekovna, Boshqirdiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Bayzigitov Nazir Niyazovich, Tojikiston Respublikasi G‘affor Valamatzoda nomidagi raqs ansambli badiiy rahbari Komilzoda Qobiljon Komil, Qozog‘iston Respublikasi vakili Li Roman hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madrahimova Ziyoda Ubaydullayevnalar faol qatnashdi.
Hakamlar hay’ati qaroriga muvofiq quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
III o‘rin: Oybekova Odinaxon Otabek qizi (Namangan viloyati), Ravshanova Yorqinoy Sultonbek qizi (Sirdaryo viloyati);
II o‘rin – Raimboyeva Hilola Hikmat qizi (Xorazm viloyati);
I o‘rin – Shavkatova Sabrina Rustamovna (Toshkent shahri);
Oliy o‘rin – Kamolxo‘jayeva Shukronaxon Ahmadulla qizi (Toshkent shahri).
Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida , mazkur tanlov teletanlov tarzida 2024 – yildan boshlab muntazam o‘tkazib kelinmoqda.