Joriy yilning 22-may kuni О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida о‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar, fanlarning о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlari о‘rganildi.
О‘rganish jarayonida akademiyada Axborot-resurs markazi fondidagi о‘quv va ilmiy adabiyotlarni elektron shaklga о‘tkazish ishlari hamda talaba-yoshlar, professor-о‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, yangilangan ta’lim klassifikatoriga muvofiq fanlarning о‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlari va boshqa bir qator masalalarga atroflicha e’tibor qaratilib bu borada amalga oshirilib kelinayotgan ishlar tahlil qilindi.