O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida berilgan topshiriqlari, shuningdek, 2025-yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi amalda.
Bugun 26-may kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining sport majmuasida ilk bora tadhkil etilayotgan sport festivalida «Sport – tinchlik elchisi» shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi”sport musobalari hamda «Islom – salomatlik targ‘ibotchisi» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir mehmonlari sifatida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Sultanova Rushana Ramilovna ishtirok etdi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o’rtasida Hamkorlik kelishuvi (https://t.me/iiau_official/30988) imzolanib, kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida kelishib olindi.