O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug’iga binoan, fidokorona mehnati va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turgan yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish maqsadida, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining bir guruh talabalari:
Abaqulov Asadbek Inobiddin о‘g‘li (Xoreografiya ta’lim yо‘nalishi, 4-bosqich, rus guruhi)
Revenko Zlata Alekseyevna (“Xoreografiya jamoalari rahbari” yo‘nalishi, 1-bosqich, rus guruhi)
Toshkenboyeva Rayhona Ulug‘bek qizi
(“Xoreografiya jamoalari rahbari” yo‘nalishi, 1-bosqich, rus guruhi)
“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Akademiya jamoasi nomidan mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi o’qish va ijodingizda ulkan zafarlar tilaymiz!