Oliy taʼlim muassasalarida 2025-yil iyun oyi “Yoshlar bandligi oyligi” deb eʼlon qilindi

Bu oy davomida “Muvaffaqiyatli bandlik — sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida yoshlarga kasbiy yoʻnalish berish, ularni ish bilan taʼminlash, zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan tizimli va samarali tadbirlar oʻtkaziladi.

 Oylik doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
Mehnat yarmarkalari va vakansiyalar taqdimoti;
Ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kunlari”ni tashkil etish;
Talabalarni amaliyot va stajirovkaga yo‘naltirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar;
Talabalarning startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish;
vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish orqali davlat xizmatlariga ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Ushbu tadbirlar yoshlarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va sifatli ta’lim natijasida barqaror bandlikka erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha talabalar, bitiruvchilar va ish izlovchilarni yoshlar bandligi oyligida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan