Qashqadaryo ko’rik festival

Joriy yilning 30-may kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova “QADRIYATLARI QADRLANGAN YURT” mavzusidagi folklor-etnografik jamoalarining viloyat kо‘rik-festivalida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatining Kitob shahrida bо‘lib о‘tgan festivalda Qashqadaryo viloyatining barcha hududlaridan 15 ta jamoa ishtirok etdi. Etnografik chiqishlar, raqslar, qо‘shiqlar namoyish etildi, ular hududning an’anaviy madaniyatining maftunkor olamini ochib berdi.

Festival doirasida “Qashqadaryo raqs san’atining hududiy xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy- tadqiqoti doirasida festival ishtirokchilari bilan suhbatlar о‘tkazilib, Qashqadaryo viloyatining turli hududlaridagi raqs harakatlarining xususiyatlari muhokama qilindi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan