Joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabining “Aktyorlik va xoreografiya san’ati” bo‘limi 11-sinf bitiruvchilari o‘rtasida ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan davlat attestatsiya sinovlari komissiyasi tarkibida ishtirok etdi.
Maktabning “Xalq raqsi” kafedrasida “Mumtoz raqs”; “Xalq-sahna raqsi” va “O‘zbek raqsi” darslari bo’yicha kuzatuvlar amalga oshirilgan bo’lsa, “Drama teatri” kafedrasida “Aktyorlik sanʼati” fanini oʻrganish doirasida spektakllar namoyish etildi.