“Olima qizlar” klubi

13-iyun kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining “Olima qizlar” klubi tashabbusi bilan xalqaro loyihalar (World Bank, GIZ, UNDP) bо‘yicha konsultant-maslahatchi, spiker Barnoxon Artikxodjayeva ishtirokida “Xalqaro va startap loyihalar tayyorlash usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminarda akademiyaning professor-о‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar hamda ilm-fanga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar-trening bahs-munozaralarga boy va qizg‘in tarzda olib borilishi bilan bir qatorda, barcha tinglovchilarni startap loyihalar hamda xalqaro loyihalar yaratishga ilhomlantirdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan