Bugun talabalarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, kichik, ammo muhabbatga to‘la tadbir tashkil etildi. Tabiat bag‘rida o‘tkazilgan ushbu piknikda yoshlarimiz bir-biri bilan yanada yaqinlashib, quvnoq damlar va samimiy suhbatlardan bahramand bo‘lishdi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat talabalarimizning jismoniy va ruhiy salomatligiga xizmat qiladi, balki ularda jamoaviy ruh, do‘stlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini ham mustahkamlaydi.