Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi

Joriy yilning 17-iyun kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bо‘lib о‘tdi.

Komissiya raisi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti “Teatr va xoreografiya” bо‘limi boshlig‘i, san’atshunoslik fanlari doktori Muxtarov Ildar Askadovich, tashqi a’zolar О‘zDSMI “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Abduvoxidov Faxriddin Menigaliyevich, О‘zDSMI dotsenti Hamidova Shoira Satimbayevnalar ishtirok etdilar.

Akademiya jamoasi barcha bitiruvchilarning kelgusidagi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan