17-iyun kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularda zararli ta’sir va tendentsiyalarga qarshi turish qobiliyatini tarbiyalash, hayotda qat’iy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lish, buzg’unchi kuchlar ta’siriga berilmaslik, shuningdek, talabalar o’rtasida psixologik muhitni yaxshilash maqsadida, “San’atshunoslik” fakultetining 4-bosqich talabalari uchun akademiya psixologi Ra’no Xolmatova, tyutor Saltanat Sultonova bilan «Qo’rquvni yengish yo’llari» mavzusida motivatsion trening tashkil etildi.