O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari “Damli so‘zlar navosi” nomli damli cholg‘ular ansambllari va orkestrlarining II xalqaro tanlov-festivalida ishtirok etib, mahorat bilan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlarni tinglash orqali mazmunli madaniy hordiq oldilar.
Mazkur festival yosh ijrochilarning mahoratini namoyish etish, xalqlararo madaniy hamkorlikni mustahkamlash hamda milliy musiqa san’atini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.
Akademiya talabalari bunday madaniy tashrif orqali nafaqat o‘zlarining estetik didi va dunyoqarashlarini boyitdilar, balki yangi ijodiy ilhom ham oldilar.