Kuni kecha 18-iyun kuni ustoz san’atkor, Oʻzbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov xotirasiga bagʻishlab tashkil etilgan «Ustozga ehtirom» konsert dasturida «Munojat» ansambli tarkibida faoliyat olib borayotgan O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 1-bosqich iste’dodli talabalari faol ishtirok etib, jozibali raqslari bilan barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdilar.
Tadbirda shuningdek, akademiya tyutori Risolat Axmedova boshchiligida bir guruh talabalar madaniy hordiq chiqarish va kursdoshlarining jozibali raqslaridan bahramand bo’lish maqsadida konsert dasturini tomosha qildilar.
O‘zaro do‘stlik, birdamlik va jamoaviy ruhni yanada mustahkamlovchi, madaniy zavq, ijodiy ilhom manbai bo‘lib xizmat qiluvchi bunday badiiy-ma’rifiy tadbirlar yosh ijodkorlarning sahna tajribasini oshirish, milliy san’atimizga muhabbat uyg‘otish va ustozlar xotirasini e’zozlashda muhim o‘rin tutadi.