O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida profilaktik suhbat bo‘lib o‘tdi

Bugun, 19-iyun sanasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida hudud profilaktika katta inspektori, akademiya turtorlari, xodimlari va talabalar ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi.

Mazkur suhbat davomida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-uchrashuvlari, shuningdek, talabalar murojaatlari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida talabalar tomonidan Akademiyaning ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilinishi, intizom va tartibga rioya etilishi zarurligi, bu boradagi nazoratni birgalikda olib borish lozimligi ta’kidlandi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan