“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yoshlar murabbiysi, o’qishdan bo’sh vaqtlarida faoliyat olib borayotgan akademiya talabalarining ish joylarini o’rgandi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madraximova Gulmira Ulmasovna badiiy rahbarligidagi “Navbahor” ashula va raqs ansamblida ishlayotgan akademiya talabalari Respublika musiqa va san’at texnikumining “Asrlarga teng – raqs jilosi” nomli attestatsiya-imtihon konsert dasturini tomosha qilishdi.
Konsert Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbekiston davlat drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Ansamblning ko‘plab ijrochilari uchun bu texnikum bilan yana bir uchrashuv bo‘ldi — aynan shu dargohda ularning san’at yo‘li boshlangan edi.
“Asrlarga teng – raqs jilosi” konserti nafaqat imtihon, balki buyuk san’at sari yo‘l qayerdan boshlanganini unutmaslik kerakligini eslatib turuvchi muhim tadbir bo‘ldi.