Bitiruv oqshomi doirasida madaniy hamkorlik

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining iste’dodli va go‘zal talaba qizlari kursantlar uchun tashkil etilgan tantanali bitiruv oqshomida munosib ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida diplom va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazilib, bunda kursantlar, ularning ota-onalari va rahbariyat vakillari ishtirok etdilar. Mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat hamda madaniy hordiq ulashish maqsadida talabalar va kursantlar ishtirokida oqshom valsi sahnalashtirildi.

Vals raqsi O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi «Xoreografiya jamoalari rahbari» kafedrasi dotsenti Durdona Abduxakimova tomonidan sahnalashtirildi. Repetitsiya jarayonlarida 3-bosqich talabasi Sevinch Rasulova yordamchi repetitor sifatida faol ishtirok etdi. Talabalar ishtirokini muvofiqlashtirishda tyutor Risolat Axmedova kuzatuvchi sifatida qatnashdi. Ushbu madaniy hamkorlikni tashkil etishda esa Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Rushana Sultanova muhim rol o‘ynadi.

Bunday ezgu tashabbuslar talabalarda Vatanparvarlik;
Faxr;
Iftixor kabi yuksak tuyg‘ularni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

San’at va intizom uyg‘unligida kechgan ushbu tantanali lahzalar barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan