Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning tafakkur salohiyatini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, tyutor Risolat Axmedova tashabbusi va ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Xayrullo Atavullayev boshchiligida o‘tkazildi.
Intellektual bellashuvda akademiya talabalari jamoaviy shaklda ishtirok etib, o‘z bilim va zakovatlarini sinovdan o‘tkazdilar. O‘yinda eng yuqori natijani qayd etgan g‘olib jamoa va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday loyihalar: Erkin fikrlash,
Jamoaviy ishlash ko‘nikmalari,
Bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Akademiyada talaba yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida izchil davom ettirilmoqda.