O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari “Oqqush ko‘li” baleti ustida ishlamoqda

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlar murabbiyi Saltanat Sultanova Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalari ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Buyuk rus kompozitori Pyotr Ilyich Chaykovskiyning mashhur asari – “Oqqush ko‘li” baleti repetitsiyasi davomida yoshlar murabbiyasi O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, balet truppasi rahbari Nozima Xasanova bilan yosh ijodkorlarning sahnadagi ishtiroki, mas’uliyati va kasbiy yondashuvi haqida fikr almashdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan