“Kitobxon yoz – 2025” tanlovi: Alisher Navoiy merosiga hurmat va kitobxonlikka muhabbat

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlarga ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 24-iyun kuni O‘zbek tili va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri, professor M.Murodova, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari R.Sobirjonova hamda yoshlar yetakchisi H.Xalilov tashabbusi bilan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy nodir merosi, ibratli hayoti hamda ijtimoiy faoliyatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, shuningdek, talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Kitobxon yoz – 2025” nomli tanlov tashkil etildi.

Tanlov davomida ishtirokchilarga Alisher Navoiyning bebaho durdonasi — “Xamsa” asari va o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lgan Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romaniga oid turli qiziqarli va bilimni sinovdan o‘tkazuvchi savollar berildi.

Tadbir doirasida uch yo‘nalish —
1. “Kitobxon talaba”,
2. “Yosh kitobxon”,
3. “Kitobsevar”
kabi nominatsiyalar bo‘yicha eng faol va bilimli ishtirokchilar saralandi hamda ular badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.

Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning tafakkurini boyitish va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan