Davlat stipendiyalari tanlovi

Joriy yilning 25-iyun kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Akademiya rektorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan talabgorlarning hujjatlari atroflicha o‘rganilib, ular bilan davlat tili, xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, yuqori ko‘rsatgichlarni egallagan talabgorlarning nomzodlari respublika bosqichiga tavsiya etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan