25-iyun kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – yoshlar yetakchisi Hamroz Xalilov tashabbusi bilan Talabalar turar joyida shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishda shaxmat, shashka o’yinlariga jalb etish, ularda aqliy salohiyatni, strategik fikrlashni va diqqatni rivojlantiradi. Stol tennisi kabi sport o’yinlari esa jismoniy chaqqonlik, koordinatsiya hamda tezkor harakat ko‘nikmalarini mustahkamlaydi.
Talabalarda sabr-toqat, o‘zini boshqarish, tez fikrlash qobiliyatlarini shakllantiruvchi bu turdagi faoliyatlar yoshlarni har tomonlama sog‘lom,
faol va intellektual salohiyatli shaxs sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.