“Kasaba uyushmalari yoshlari — Yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida muhim uchrashuv!

Joriy yilning 25-iyun kuni O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan “Kasaba uyushmalari yoshlari — Yangi O‘zbekiston bunyodkori” Respublika yoshlar forumi doirasida Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan, madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan “Musiqiy ijod va ijro yo‘nalishi” yosh madaniyat xodimlari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bo‘lishdi.

Tashrif chog‘ida mehmonlar akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Sh.M.To‘xtasimov hamda O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor R.R.Sultonova samimiy kutib oldilar.

Mehmonlar uchun akademiya iqtidorli talabalari faoliyat olib borayotgan “Shodlik” ashula va raqs ansambli hamda “Xoreografiya pedagogikasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Trashkova Yelizavetalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida forum ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda Akademiyaning boy ijodiy salohiyati va ilmiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan