“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tyutor Risolat Axmedova tashabbusi bilan sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur bellashuvlar shaxmat, shashka va stol tennisi yo‘nalishlarida tashkil etilib, unda turli kurs va yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdilar. Ular musobaqalar davomida mantiqiy fikrlash qobiliyati, chaqqonlik va sport mahoratlarini namoyon etishdi.

Ushbu sport tadbirlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Akademiyada sog‘lomlashtiruvchi, madaniy va ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilib, yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol topishiga ko‘maklashmoqda.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan