“Shodlik” – sahnadagi fidoyilik!

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi yoshlar murabbiysi S.Sultonova yozgi ta’til davrida akademiya talabalari faoliyat olib borayotgan tashkilotlarda bo’lmoqda.

Navbatdagi manzil — O‘zbekiston xalq artisti Qodir Tashkinovich Muminov rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston davlat “Shodlik” ashula va raqs ansambli bo‘ldi. Ushbu ijodiy maskanda san’at, intizom va fidoyilik uyg‘un holda namoyon bo‘ladi.

Tashrif davomida ansambl faoliyati, talabalarning ijodiy ishtiroki va jamoaning yuksak kasbiy yondashuvi muhokama qilindi. Bunday tashriflar yosh ijodkorlarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan