Yoshlar oilaviy hayotga tayyormi?

“Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi doirasida bugun, 6-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” mavzusida akademiya psixologi Ra’no Xolmatova tomonidan 1-bosqich talabalari uchun seminar-trening o’tkazildi.

Oila — bu nafaqat ikki inson ittifoqi, balki jamiyatning poydevori, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, mehr, hurmat hamda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash manbaidir. Aynan oilada insonning shaxsiy fazilatlari, odatlari va hayotiy qarashlari shakllanadi.

Treningda, talaba -yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning maqsad va vazifalari, baxtli va barqaror oila qurish uchun zarur ko‘nikmalar, mustahkam oila shakllanishida davlat va jamiyatning o‘rni kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi:

Shuningdek, talabalarda nikoh va ota-onalik mas’uliyatiga ongli munosabatni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, bugungi yoshlar hayolidagi romantik oilaviy hayot tasavvuridan tasqari, oila — bu katta mas’uliyat, sabr-toqat va o‘zaro tushunishni talab qiluvchi jarayon ekanligi aytib o’tildi.

Mavzuning dolzarbligi bugungi zamon talablari bilan chambarchas bog‘liq. Yoshlar ta’lim, kasbiy faoliyat, shaxsiy hayot va oilaviy majburiyatlarni uyg‘unlashtira olishlari zarur. Chunki oilaviy munosabatlarning sifati — nafaqat oila farovonligini, balki butun jamiyatning, kelajak avlodning baxtini belgilaydi.

Bunday seminar-treninglar yoshlarning ijtimoiy yetukligi, mustahkam oilaviy qadriyatlarni anglash hamda sog‘lom, uyg‘un munosabatlar qurishga tayyorlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan