7-oktabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Yuliya Tairova Rossiya hamkorlik agentligining (Rossotrudnichestvo) O‘zbekistondagi vakolatxonasi huzuridagi Rossiya fan va madaniyat markazida o‘tkazilgan “Kelajak olimlari” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Rossiya Fanlar akademiyasi professorlari, olimlari va ilmiy tadqiqotchilarining ochiq ma’ruzalari tashkil etildi.
Xalqaro loyiha “Kelajak olimlari” A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda “Наука.рф” portali ko‘magida tashkil etilgan.
Tadbir yakunida Yu.Tairova loyihada faol ishtiroki uchun sertifikat va esdalik suveniri bilan taqdirlandi.