Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrugʻi bilan professor Kasimov Nozim Kozimovich Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va akademiya jamoasi ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha muhim vazifalar, dolzarb muammolar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida gapirdi.

Nozim Kasimov Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimiga rasman tayinlangani eʼlon qilindi.

N.Kasimov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Oʻquv ishlari prorektori hamda OʻzDXA “Sanʼat nazariyasi va tarixi” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Kasimov Nozim Kozimovichning kelgusi mehnat faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan